Daryo

Reks Tillerson AQSh davlat kotibi lavozimidan bo‘shatildi

Buning sabablari hozircha ma’lum emas

1 daqiqa o‘qish37 840 ko‘rishlar0 izoh0

Reks Tillerson AQSh davlat kotibi lavozimidan bo‘shatildi. Uning o‘rnini MRB direktori Mayk Pompeo egallaydi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga qaraganda, Pompeo yangi ishni “fantastik” darajada uddalaydi. U Tillersonga xizmati uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, prezident MRBning yangi rahbari kim bo‘lishini aytdi. Endilikda tashqi razvedka tashkilotiga Jina Xespel boshchilik qiladi.

MRBga direktor etib birinchi marta ayol kishi tayinlanishi.

The Washington Post’ga ko‘ra, Tramp Tillersondan 9-mart kuni iste’figa chiqishni so‘ragan. Buning sabablari hozircha ma’lum emas.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar