Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida joylashgan “Yoshlikning 50 yilligi” bog‘i endilikda “Nizomiddin Alisher Navoiy” nomidagi bog‘ deb yuritiladi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 5-mart kuni tegishli farmonni imzoladi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
Farmonga ko‘ra bog‘ga “O‘zbekiston va Tojikiston xalqining do‘stligi ramzi” sifatida Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning haykallari o‘rnatiladi.
22-fevral kuni “Samarkandskiy vestnik” gazetasi Amir Temur va Abdurahmon Jomiy ko‘chalarining chorrahasiga ham Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning haykalini o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)