• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zA: Toshkentda YTHlari ko‘payib ketganiga ko‘chalarning tunda yaxshi yoritilmagani sabab bo‘lmoqda

    O‘zA Toshkentda yo‘l-transport hodisalarining ko‘payib ketganligi va bunga asosiy sabab ko‘chalarning tunda yaxshi yoritilmaganligi borasida bildirilgan fikrlar bilan bo‘lishdi.

    Nega Toshkentda YTHlari ko‘p sodir bo‘lmoqda?

    Yuzaga kelayotgan yo‘l-transport hodisalarini kuzatib shunga guvoh bo‘ldikki, aksariyat YTHlar qorong‘u vaqtda sodir bo‘lgan.

    Biz birma-bir internet saytlaridagi avtomobil odam urib yuborishi va boshqa ulov bilan to‘qnashishi hamda yo‘l chetidagi to‘siqlarga urilish hodisalarini kuzatib chiqdik. Ularning ko‘pchiligi kech tushgan vaqtga to‘g‘ri keladi.

    Ichki ishlar vazirligi ma’lumot berishicha, Toshkent shahrida markazdan tashqari, mahallalarda ko‘chalarning yoritilishi qoniqarli darajada emas. Shahar ko‘chalari to‘liq yoritilsa, kechasi sodir bo‘layotgan YTHlari 10—15 foizga kamaygan bo‘lardi.

    Toshkent avtomobil halqa yo‘lining Ibn Sino qismidan boshlanib to Hasanboy, Keles yo‘l o‘tkazgichigacha bo‘lgan qismida yo‘l chetidagi simyog‘ochlarga o‘rnatilgan chiroqlar umuman yoritilmaydi. Oqibatda halqa yo‘lining aynan shu qismida yo‘l-transporti hodisasi ko‘proq sodir bo‘ladi. Odatda halqa yo‘llarida avtomobillar katta tezlik bilan harakatlanadi, yo‘llarning qorong‘u ekanligi haydovchilarga xalaqit qiladi, yo‘lovchilarni ham payqamay qolish mumkin. Avtomobil halqa yo‘lining qolgan qismida ham simyog‘ochga o‘rnatilgan chiroqlar xira yoritilgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Shuningdek, mavsumiy yog‘ingarchiliklarda yaxshi yoritilmagan ko‘chalarda avtomobil harakatlanishi xavfsizligi yanayam kamayadi. Sababi, oddiy kunlarda avtomobil chirog‘i 50 metr uzoqlikni yoritsa, yer nam bo‘lgan holatda bu masofa 15—20 metrni tashkil etadi. Natijada YTHlarining ko‘payishiga yana zamin yaratiladi.

    Faqat markaziy ko‘chalar yorug‘, boshqalari esa “bo‘laveradi”....

    Kech tushgach Toshkent ko‘chalarini kezar ekanmiz faqatgina markaziy ko‘chalar chetidagi simyog‘ochlarga o‘rnatilgan chiroqlar to‘liq yoritilishiga guvoh bo‘ldik. Boshqa aksariyat ko‘chalardagi simyog‘ochlarning har ikkisidan biri yoki har to‘rttasidan biridagi chiroqlar yoritilgan bo‘ladi. U ham bo‘lsa xira. Qoraqamish dahasi, Ibn Sino mavzesi, Istirohat ko‘chalari, Chilonzorning ko‘pgina mavzelari multfilmdagi “porloq yo‘l sovxozi”ni eslatadi. Yana shunga guvoh bo‘ldikki, ko‘chalarda haftaning ayrim (1—2) kunlari nisbatan to‘liq yoritiladi. Qolgan kunlarda esa Toshkentning markaziy ko‘chalaridan tashqari boshqa aksariyat qismlarida yo‘lning faqatgina bir chetidagi simyog‘ochlarning ikkisidan biridagi chiroqlar yoqilgan bo‘ladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “Chorsu” bozorining beshik va hunarmandlar qatorida yoritish tizimining o‘zi yo‘q. Yo‘lning narigi tarafidagi simyog‘ochlardagi chiroqlar ham arang nur sochib turadi. Afsuski, ko‘chaning shu qismida aravakashlar va ulgurji sotuvchilarning kech kirishi bilan yo‘lni kesib o‘tishi ko‘payadi. Qorong‘ulikda esa, arava-yu ularning egasini ham payqamay qolish mumkin.

    Kirakashlar nima deydi?

    Toshkent ko‘chalarini kezishda davom etamiz. Simyog‘ochlardagi xira yoritilgan chiroqlar sharofati bilan ayrim yo‘llarning nomini topishga ham erisholmadik. “Cho‘pon ota”, “Shuhrat” ko‘chalari atrofida yashovchi aholi ham chala yoritilgan yo‘llarga ko‘nikib ketishgan. Ko‘chalarni taksichilardek yaxshi biladigan odam yo‘q. Ulardan poytaxt ko‘chalarini yoritilish darajasini so‘radik.

    “Poytaxtimizning ko‘pgina ko‘chalari yaxshi yoritilmaydi. Piyoda yugurib chiqib qolsa, ko‘rmay qolishingiz hech gap emas. Xabaringiz bor Toshkentning ko‘pgina ko‘chalariga temir to‘siqlar o‘rnatildi. Keyinchalik esa mashinalar unga urilib YTHsi sodir bo‘layotgani ro‘kach qilinib, ayrim ko‘chalardan to‘siqlar olib tashlandi. Balki ko‘chalarimiz yaxshi yoritilganida yana xarajat qilib, to‘siqlarni buzish shart bo‘lmasmidi”, – deya fikr bildirdi o‘zini tanishtirishni istamagan taksi haydovchisi.

    “TVda yo‘l transporti hodisasi tepasiga kelib, kim aybdorligini izlashga urinishadi-yu, hech kim ko‘chaning qorong‘uligiga e’tibor bermaydi. Mahallamizda 10 ta simyog‘ochga chiroqlar o‘rnatilgan. Shundan 2 tasi yoqiladi, qolganini yonganini ko‘rgan emasman. Qorong‘uda o‘qishdan qaytadigan farzandlarimdan xavotir olaman. Ko‘pincha bekatga chiqib poylab turaman”,– kuyunib gapiradi yana bir taksi haydovchisi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentning qorong‘u ko‘chalari jinoyatchilar uchun juda qulay. Jinoyatchilar qorong‘uda kameraga tushib qolishdan yoki jabrlanuvchi ularning yuzini tanib olishidan xavfsiramaydi. Ko‘chalar yorug‘ bo‘lsa, jinoyat ham kamaygan bo‘lardi.

    Toshkent shahri ko‘chalarining yaxshi yoritilmagani bu YTHlar sodir bo‘lishining yagona omili emas, albatta. Raqamlar 10—15 foiz YTHlari qorong‘ulik tufayli yuz berishiga guvohlik qilmoqda. Biroq, shahar chiroqlarining tunda yorqin nur sochib turmasligi aholi va sayyohlar uchun ham noqulaylik tug‘diradi. Xira tortgan chiroqli ko‘chalar bilan turizmni rivojlantirishga harakat qilayapmizmi? Chiroqlarni iqtisod qilmay, Toshkentning tungi tarovatini shahar aholisi va mehmonlariga to‘laligicha namoyon qilsak yaxshi emasmi...

    “Toshshaharnur”ning bahonalari

    Odatda jinoyat sodir etilishiga qulay sharoit yaratib berganlarni ham jinoyatga sherik deb hisoblash xato bo‘lmaydi. Bizni ma’zur tutsinlar, bu o‘rinda “Toshshaharnur” va shaharning to‘liq yoritilmasligiga bepisand bo‘lgan hokimiyat vakillarini tungi jinoyatlarga sherik, deb hisoblaymiz. “Toshshaharnur” xodimi bilan mazkur masala haqida bir oy avval gaplashgandik biroq, ko‘chalarda o‘zgarish sezilgani yo‘q.

    Poytaxt ko‘chalari chiroqlariga mas’ul bo‘lgan “Toshshaharnur” xodimining aytishicha, Toshkent katta halqa yo‘li mazkur tashkilotga qaramaydi. “Nurafshon” ko‘chasida esa avariya sodir bo‘lgan va bu tez orada bartaraf etiladi. Umuman, yaxshi yoritilmagan ko‘chalarga kelsak, ular bu kamchilikni tan oladilar. Biroq, yaxshilashga shoshilayotganlari yo‘q. “Toshshaharnur”dan “Simyog‘ochlardagi chiroqlar yangi turlariga almashtirilyapti, bajarilyapti, tez orada yaxshilanadi” kabi odatiy javobni oldik. Tashkilot va’da berib turaversin. Bajaryapmiz, amalga oshirayapmiz, deb yurgunimizcha zimiston ko‘chalar sabab, kimdir bexosdan qotilga, yana kimdir qurbonga aylanib bormoqda. Jinoyatchilar esa nazarimizda yaratilgan sharoitdan mamnun.

    28.02.2018, 11:32   Izoh (0)   10106
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tojikiston O‘zbekistonga yiliga 1,5 mlrd kilovatt/soat elektr energiyasini eksport qiladi

    28.02.2018, 11:30

    O‘zbekiston FVV xodimlari xizmat safari bilan Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi

    28.02.2018, 11:11

    Navro‘z bayrami kunlarida “O‘zbekiston havo yo‘llari” ichki reyslarida uchish arzonlashadi

    28.02.2018, 11:10

    ToshMI-2da shifokorlar aybi bilan 16 yoshli yigit vafot etdi. Anesteziolog 3,5 yilga qamaldi

    28.02.2018, 10:58

    Ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotlash va ularning maoshidan pul ushlab qolish mezonlari tasdiqlandi

    28.02.2018, 10:44

    O‘zbekistonda ikkita OTM negizida ijodiy iqtisodiyot rivojlantiriladi

    28.02.2018, 10:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.