Daryo

Bugun Yevropa Ligasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi

Nimchorak finalga eng ko‘p Rossiya klublari yetib keldi — 3 ta. Bu ko‘rsatkich Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiyada 2 tani tashkil qiladi

1 daqiqa o‘qish28 214 ko‘rishlar0 izoh0

Bugun — 23-fevral kuni Yevropa Ligasining 1/8 final bosqichiga yo‘l olgan futbol klublari o‘zining navbatdagi raqibini bilib oladi.

Foto: FIFA

Yevropa Ligasi. “Arsenal”, “Milan”, “Borussiya”, “Lion”, “Atletiko” keyingi bosqichda. “Napoli” esa o‘yindan chiqdi

Shveysariyaning Nyon shahrida o‘tadigan qur’a tashlash marosimi 17:00 da start oladi. UEFA bunda Rossiya va Ukraina klublari o‘zaro to‘qnash kelib qolmasligiga e’tiborini qaratadi. Nimchorak finalga Ukrainaning 1 ta, Rossiyaning esa 3 ta klubi yetib keldi. Qolgan barcha mamlakat jamoalari o‘zaro to‘qnash kelaveradi. Hatto, 1 ta mamlakatning ikki klubi ham chorak final yo‘lida raqibga aylanishi mumkin. Nimchorak finalga eng ko‘p Rossiya klublari yetib keldi — 3 ta. Bu ko‘rsatkich Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiyada 2 tani tashkil qiladi. Shuningdek, Angliya, Portugaliya, Ukraina, Avstriya va Chexiya klublari bor.

Yevropa Ligasi. Rossiya chempioni “Spartak” o‘yindan tashqari holatda, “Zenit”, “Loko” va “SSKA” keyingi bosqichda

  • “Zenit” (Rossiya)
  • “SSKA” (Rossiya)
  • “Lokomotiv” (Rossiya)
  • “Atletiko” (Ispaniya)
  • “Atletik” (Ispaniya)
  • “Borussiya D” (Germaniya)
  • “Leyptsig” (Germaniya)
  • “Latsio” (Italiya)
  • “Milan” (Italiya)
  • “Lion” (Fransiya)
  • “Marsel” (Fransiya)
  • “Arsenal” (Angliya)
  • “Sporting” (Portugaliya)
  • “Dinamo K” (Ukraina)
  • “Zalsburg” (Avstriya)
  • “Viktoriya” (Chexiya)
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar