Daryo

Kseniya Sobchak Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surildi

Oldinroq“Grajdanskaya initsiativa” partiyasi siyosiy kengashi Sobchak nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagandi

1 daqiqa o‘qish24 636 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Vedomosti”

“Grajdanskaya initsiativa” partiyasi 23-dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgan s’ezdida teleboshlovchi Kseniya Sobchakni Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Foto: “Vedomosti”

Oldinroq sobiq iqtisod vaziri Andrey Nechayev boshqarayotgan partiya siyosiy kengashi bir ovozdan Sobchak nomzodini qo‘llab-quvvatlagandi.

Nechayevga ko‘ra, Sobchak “Grajdanskaya initsiativa” partiyasi a’zosi bo‘ldi va uning siyosiy kengashiga kirdi.

Syezdda Sobchak nomzodi uchun 96 kishi ovoz berdi, 7 kishi qarshi chiqdi va 3 kishi betaraf qoldi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar