Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iyul oyi o‘rtalarida ijtimoiy tarmoqlarda 70-yillarda xit bo‘lgan Stayin Alive qo‘shig‘iga supurgi ko‘tarib olib o‘tov oldida raqsga tushayotgan, quritilgan go‘shtni mikrofon o‘rnida ishlatgan qirg‘iz qizining videosi keng tarqalgan edi. Qirg‘iz va qozoq saytlarida ushbu rolik “Kelinchak Beyonse kabi raqsga tushmoqda” nomi ostida tarqalgandi, deb xabar berdi Meduza.

https://www.instagram.com/p/BWKDW8clopV/?taken-by=sandrabrave_

Video muallifi bishkeklik 21 yoshli Sayqal Jumaliyeva. U “Manas” qirg‘iz-turk universitetida rejissorlikka o‘qimoqda va raqsdan dars beradi. Shu bilan birga, qizning aytishicha, uni ota-onasi doimo bosimga olib, qishloqqa qaytishni va turmushga chiqishini talab qilmoqda.

“Meni turmushga chiqish borasidagi savollar bilan bezor qilib yuborishganida miyamda taxminan shunga o‘xshash narsa sodir bo‘ladi”, — o‘z videosiga izoh berdi Jumaliyeva.

U o‘zining bu boradagi pozitsiyasi bilan bo‘lishdi: “Men endigina 21 yoshga to‘ldim, biroq jamiyatimiz uchun allaqachon 21 yoshdaman. Odamlarimizning fikricha, men allaqachon turmushga chiqishim kerak bo‘lgan, aks holda ikki yildan so‘ng qariqiz bo‘lib qolaman”.

Sayqal Jumaliyevaning fikricha, o‘smir qizlarni majburlab turmushga berib yuborish, kun-u tun ishlaydigan ishchidek gap:

“Bir ishni tugatishing bilan, ular boshqasini beradi. Agarda yigitning ota-onasi o‘ziga to‘q oilani topgan bo‘lsa, bunda qizning ota-onasi bilan kelishib olinadi, yoshlardan esa hech kim hech nima so‘ramaydi”.

Qizning aytishicha, yoshlar oila qurishni o‘zlari hal qilishi lozim.

“Jamiyat bunga tayyor bo‘lishi kerak. Kelinlarni o‘g‘rilash borasida jinoiy javobgarlik bor, biroq ‘odamlar nima deydi’ degan tushuncha ham mavjud. Qizlarni tezroq turmushga chiqishga undashadi, chunki bizning mentalitetda qancha erta bo‘lsa — shuncha yaxshi”, — tushuntiradi Jumaliyeva.

“Men ham xotinimni o‘g‘irlaganman”

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 13 foiz qirg‘iz qizlari 18 yoshgacha, jumladan, 0,5 foizi 15 yoshga ham to‘lmasdan turmushga chiqadi. Voyaga yetmaganlarning turmushi ko‘pincha zo‘ravonlik bilan amalga oshiriladi: qarorni ota-ona qabul qiladi, ba’zi hollarda esa qizni oilasidan shunchaki o‘g‘irlab ketishadi. 2017-yilning mart oyida chiqqan “Kunlarning birida meni o‘g‘irlashgan…” roligida bu kabi real voqealar ko‘rsatib berilgan edi. Rolik yaratuvchilarining ta’kidlashicha, mamlakatda har kuni o‘ntadan 30 tagacha qizlar nikoh uchun o‘g‘irlab ketiladi. Erta oila qurish muammosi nafaqat Qirg‘izistonda, balki Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarda ham bor.

Jamoat tashkilotlarining ma’lumotlariga ko‘ra, erta nikohdan o‘tgan qizlar ta’lim va kasbga ega bo‘lish, o‘zini shakllantirish hamda mustaqil pul ishlab topish kabi imkoniyatlardan mahrum bo‘ladi. Erta nikohlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi, shunday ekan, ular ajrashib ketadigan bo‘lsa, ayol aliment yoki mol-mulkning o‘ziga tegishli qismini talab qila olmaydi.

2016-yilda UNFPA tashkiloti “Jamiyatni tarbiyalashda gender” so‘rovini o‘tkazdi. So‘rov Qizg‘izistonning turli viloyatlarida istiqomat qiluvchi voyaga yetgan aholi orasida bo‘lib o‘tdi. Ovoz beruvchilarning 23 foizi erta turmushga qiz bolaning o‘zi buni xohlaydi deb javob berdi. 44 foiz ishtirokchilar esa o‘zlarining voyaga yetmagan qizlarini “yaxshi qo‘llarga” topshirishga tayyor ekanliklarini bildirgan bo‘lsa, 21 foizi “boy odamga turmushga chiqish hech qachon erta emas” deya javob qaytargan. Shu bilan birga, so‘rovda ishtirok etganlarning 80 foizi o‘smir qizlarning taqdiri erining qo‘lida ekanligini aytgan.

2016-yilning kuzida Qirg‘iziston parlamenti voyaga yetmaganlar o‘rtasida diniy nikoh o‘qilishini taqiqlagan edi. Bunga qadar jinoyat kodeksiga o‘rgartirish kiritilishi bir necha bor qoldirilgan. Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra turmush qurayotgan qizning yoshi 17 dan kichik bo‘lsa, diniy idora vakili, uning ota-onasi hamda qizga uylanayotgan yigit besh yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shuningdek, Qirg‘iziston jinoyat kodeksiga ko‘ra, 17 yoshga to‘lmagan qizlarni o‘g‘irlash 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortiladi.

Shunga qaramay, huquq-tartibot xodimlari qizlarni o‘g‘irlash va majburiy nikohni jiddiy jinoyat deb hisoblamayapti.

“Buning nomi shunchaki ‘o‘g‘rilik’. 99 foiz ayollarning o‘zlari bunga rozi. Men ham o‘z xotinimni o‘g‘irlab kelganman…”, — dedi qirg‘iz militsionerlaridan biri.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?