Daryo

Trampdan norozilar reytingi 60 foizga yetdi

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, davlat rahbarini atigi 36 foiz amerikaliklar qo‘llab-quvvatlamoqda

1 daqiqa o‘qish14 788 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

AQSh prezidenti Donald Trampdan norozilar reytingi o‘zining yuqori pog‘onasini yangilab, yana bir foizga oshdi va 60 foizga yetdi. Bu haqda Gallup ijtimoiy xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari guvohlik beradi, deb yozadi “TASS”.

Foto: EPA

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, davlat rahbarini atigi 36 foiz amerikaliklar qo‘llab-quvvatlamoqda. So‘rovnoma qatnashchilarining 60 foizi prezident faoliyatidan norozi ekanligini ma’lum qilgan.

11-iyun, yakshanba kuni mazkur nisbat 36 foizga 59 foizni tashkil etgan edi. Shu bilan bir paytda 11-mart kungi so‘rovnomada ishtirok etganlarning yarmiga yaqini — 45 foizi Oq uy rahbariga ijobiy baho bergan edi.

Demokratlar Barak Obama va Bill Klintonning reytingi hech qachon 38 va 37 foizdan tushmagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar