• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Borovskiy kolleji o‘quvchilari ayovsiz do‘pposlagan yigit vafot etdi, marhumning onasi O‘zbekiston Prezidentidan yordam so‘radi. Asosiy ma’lumotlar

    Toshkentdagi Borovskiy nomidagi kollejning 2-kursida ta’lim oluvchi Jasurbek Ibrohimov 1-iyun kuni kasalxonada vafot etdi. U 3-may kuni kollejdoshlari tomonidan qattiq kaltaklangan, shundan so‘ng kasalxonaga tushgan edi. Shifokorlar jabrlanuvchini besh marta operatsiya qilgan, biroq uning hayotini saqlab qola olmagan. Marhumning onasi aybdorlarni jazolashni so‘rab, O‘zbekiston Prezidentiga murojaat qildi. Hodisa tafsilotlari hozircha faqat onaning so‘zlaridan ma’lum.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Jasurbek Ibrohimov 17 yoshda edi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning onasi nomidan e’lon qilingan murojaatda ta’kidlanishicha, Jasurbek 1999-yil 11-dekabr kuni tug‘ilgan, Borovskiy kollejining 2-kursida ta’lim olardi. “U to‘liq ijobiy bola, yaxshi o‘qiydi, ichmaydi, chekmaydi, sport bilan faol shug‘ullanadi”, — deb yozadi ona. Ma’lumotlarga ko‘ra, oiladagi ahvol, ota-ona va bolaning o‘zaro munosabatlari yaxshi bo‘lgan. “Men va turmush o‘rtog‘im oliy ma’lumotli va barcha farzandlarimiz sog‘lom oilada, mehr va muhabbat og‘ushida voyaga yetmoqda”, — deb yozgan edi Jasurbekning onasi 29-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaatida. Murojaatda oiladagi farzandlari soniga aniqlik kiritilmagan.

    Mavzuga doir: Kollejdoshlari tomonidan ayovsiz do‘pposlangan marhum Jasurbek Ibrohimovning onasi murojaati

    Jasurbek Ibrohimov 3-may kuni kollejdoshlari tomonidan do‘pposlangan. Hodisa soat 12:00—16:00 oralig‘ida, taxminan O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi va 145-maktab hududlariga tutash joyda yuz bergan. “Burni, og‘zi va quloqlaridan quyuq qon oqar, butun beli momataloq bo‘lib ketgan, tirsaklari ham shilingan, har ikkala tizzasi singan, butun peshonasi yorilgan edi... U qorni qattiq og‘riyotganini aytib, baqirishda davom etardi. Qornining o‘ng tomoniga qarab, unda poyabzalning yaqqol izini, tomoq, jag‘ sohalarida barmoqlarning izlari borligini ko‘rdik”, — deb yozadi yigitning onasi.

    Onaning ta’kidlashicha, Jasurbekni 2- va 3-kurslarda ta’lim oladigan kamida olti o‘quvchi do‘pposlagan, ulardan ikki nafari bezorilar ro‘yxatida ham turadi. “Mushtlashuv tafsilotini aytib berganlar O‘lmas orqadan kelib kuch bilan o‘g‘limni tepganini, so‘ng o‘g‘lim yiqilgani, qolganlar esa uni har tomondan tepkilashni boshlagani, oxirida esa O‘lmas yerda yotgan jabrlanuvchining ahvolini suratga tushirganini aytib berdi”, — deydi marhumning onasi. Jasurbek kasalxonaga yotqizilib, dastlabki ko‘riklardan so‘ng hushiga kelganidan so‘ng, onasiga “birinchi zarbadan so‘ng yiqilgani, so‘ng turishga uringan vaqtida, tizzalab turgani holda turli tomonidan tepkilangani, keyin hushidan ketgani”ni aytib bergan.

    Kaltaklanganidan so‘ng, Jasurbek Ibrohimov bir oy ichida besh marta operatsiya qilingan. Yigit birinchi marta UTTdan o‘tkazilganida shifokorlar unga “buyrak va oshqozonosti bezi ishdan chiqishi” tashxisini qo‘ygan, miyasi chayqalgani va burun qismida sinish borligini aytgan. 5-may kuni Jasurbek birinchi marta operatsiya qilingan, operatsiyadan so‘ng shifokor Jasurda “o‘n ikki barmoqli ichak zararlangani, buyragini to‘la gematoma qoplab olgani, oshqozonosti bezi jiddiy lat yegani va boshqa organlari ham jarohatlangani, yiringlash boshlangani sabab qorin bo‘shlig‘i to‘qimasining bir qismi olib tashlangani”ni bildirgan.

    Yigit shundan so‘ng 8-may, 19-may (shu kuni uning o‘t pufagi olib tashlangan), 20-may va 28-may kunlari operatsiya qilingan. Xabarlarga ko‘ra, yigitning “organizmi so‘nggi operatsiyani ko‘tara olmagan”.

    O‘quvchilar o‘z kollejdoshini aynan qanday bahona bilan do‘pposlagani noma’lum. Borovskiyda avvalroq ham shunga o‘xshash voqea yuz bergan. Jasurbek Ibrohimovni do‘pposlaganlikda gumon qilinayotgan o‘quvchilar 2-kursda o‘qiydigan Temur ismli yigitni kaltaklab, unga jarohat yetkazgan (yigitning yuziga bir necha chok tushgan), so‘ng ishni “tinchitish uchun jabrlanuvchiga 200 dollardan pul berilgan”. “Kollej o‘quvchilarining aytishicha, Islom va O‘lmas nisbatan kuchsiz o‘quvchilarni uradi, buni suratga tushiradi, so‘ng ularning ota-onalari jabrlanuvchilarga pul to‘lab, ishni tinchitadi, bu o‘smirlar esa urib, jabrlanuvchini suratga tushirishdan va, albatta, jazoga tortilmasligidan zavq oladi”, — deb yozadi marhum Jasurbekning onasi.

    Marhumning oila a’zolari 3-maydan beri Bosh prokuratura, IIV va hatto Ombudsmanga ham murojaat yo‘llagan. Oxir-oqibat, Jasurbekning onasi 3-iyun kuni internet orqali O‘zbekiston Prezidentiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. “Bevosita sizga ariza bilan murojaat qilish imkoniyati borligi uchun minnatdorchilik bildirib, boshqa organlarga, aynan — Bosh prokuratura, IIV, Ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, Ombudsmanga murojaat qilib, hech qanday natijaga erishmaganimizni ma’lum qilmoqchiman... O‘g‘lim vafot etdi! Ushbu vahshiyona tahqirlash uchun esa hech kim jazolanmayapti va bizni hamma inkor etmoqda!.. Bizning holatimizni his qilib ko‘ring — ardoqli o‘g‘ilsiz qolish dardi tasvirlab bo‘lmas darajada og‘ir, endi qandoq yashaylik?”.

    Onaning ta’kidlashicha, gumonlanuvchilardan birining ota-onasi huquqshunos va “ular hammani sotib olib bo‘lgan”, shu sababli ham tegishli organlar ishni paysalga solmoqda, kollej o‘qituvchilari ham ishga panja ortidan qaramoqda (masalan, ona gumondagi o‘quvchilarning familiyalarini so‘raganida, o‘qituvchilar bu bolalarning familiyasini bilmasligini aytgan; hodisa yuz bergan vaqtda o‘quvchilar qayerda bo‘lgani haqida turlicha axborot bergan).

    Hodisa ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirdi. Jasurbek Ibrohimovning onasi tomonidan yozilgan murojaat Facebook’ning qariyb barcha katta pabliklarida e’lon qilindi. Birgina TROLL UZ sahifasida e’lon qilingan murojaat matniga to‘rt soat ichida 5,5 mingdan ortiq munosabat bildirildi, u 7 mingdan ziyod marta ulashildi, 2,5 mingga yaqin izoh yozib qoldirildi. Aynan ijtimoiy tarmoqlardagi faollik sabab OAV mazkur voqeaga e’tibor qaratdi.

    Internet foydalanuvchilari marhumning oila a’zolariga sabr tilagan, rasmiylardan esa hodisaga e’tibor qaratib, aybdorlarni jazolashni qat’iy talab qilgan. “Change.org” servisida Jasurbekning o‘limi aybdorlarini jazolash talabi bilan petitsiya ochilgan (maqola yozilayotgan vaqtda uni 2,5 mingda ziyod foydalanuvchi imzolab, qo‘llab-quvvatlagan edi). Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Jasurbekning onasi tomonidan Prezidentga yo‘llangan murojaat ostida imzo to‘plash uchun 5-iyun kuni soat 12:00 da “Bobur” bog‘ida to‘planmoqchi.

    Borovskiy kolleji hamshiralik ishi, davolash ishi, akusherlik ishi yo‘nalishlarida o‘rta maxsus tibbiy mutaxassislar tayyorlaydi. O‘quv yurtiga 1935-yilda asos solingan, 1976-yili unga medik-olim Pyotr Fokich Borovskiy nomi berilgan, 2004-yili esa kollej maqomini olgan. Kollejda, uning saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 3 mingdan ziyod o‘quvchi ta’lim oladi. O‘quv muassasasiga 2008-yil noyabridan beri Lutfi Yusupova rahbarlik qiladi.

    Foto: “TUSSPO.uz”

    Foto: “TUSSPO.uz”

    Kollejning o‘quvchilarining Odob-axloq qoidalari bor va unga ko‘ra “O‘quvchilarning o‘zaro munosabatlarida... hurmat,.. do‘stlik,.. va adolat tamoyillari amal qilishi lozim; O‘quvchilar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, qo‘pollik, mushtlashish,... jismoniy ziyon yetkazish qat’iyan man etiladi”. Bu qoidalarni buzganlik uchun belgilangan jazolar haqida ma’lumot berilmagan.

    04.06.2017, 01:47   Izoh (0)   308414
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kollejdoshlari tomonidan ayovsiz do‘pposlangan marhum Jasurbek Ibrohimovning onasi murojaati

    04.06.2017, 00:15

    Toshkentda kollejdoshlari tomonidan do‘pposlangan 17 yoshli yigit kasalxonada vafot etdi

    03.06.2017, 22:49

    Abdulla Aripov Yunusoboddagi maktab direktorini ishdan haydadi. Bosh vazirga maktab hovlisining ahvoli yoqmadi

    03.06.2017, 22:10

    Ekspertlar: O‘zbekiston shaharlari hali ham 70—80-yillarning rejalari asosida rivojlantirilmoqda

    03.06.2017, 20:48

    Mirobod tumanida fohishaxona yopildi

    03.06.2017, 19:24

    Shavkat Mirziyoyev Andijonda yangi avtomobillar ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi

    03.06.2017, 18:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.