Daryo

Dengiz sathi oshishining ilk qurbonlari bashorat qilindi

Eng og‘ir vaziyat Mumbay, Kochin (Hindiston) va Abijan (Kot-d’Ivuar) shaharlarida yuzaga kelishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish32 620 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Global Look Press

Amerikalik olimlar 2050-yilga kelib dengiz sathi aksariyat sohilbo‘yi hududlarida 10—20 santimetrga ko‘tarilishi, suv toshqinlari takroriyligi esa ikki marta oshishini bashorat qildi. Tegishli tadqiqot Scientific Reports jurnalida chop etildi.

Foto: Global Look Press

Ekspertlar sayyoraning ushbu tabiiy hodisa oqibatida ko‘proq jabrlanadigan hududlarini sanab o‘tdi. Eng og‘ir vaziyat Mumbay, Kochin (Hindiston) va Abijan (Kot-d’Ivuar) shaharlarida yuzaga kelishi kutilmoqda. Buning uchun mazkur shaharlardagi dengiz sathi bor-yo‘g‘i besh santimetr oshishi yetarli.

Noxush vaziyat Vankuver (Kanada), Sietl, San-Fransisko va Los-Anjeles (AQSh) shuningdek, Yevropaning Atlantika sohillariga ham tahdid qilmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar