Daryo

Shimoliy Koreyadagi harbiy paradda ballistik raketalar namoyish etildi (foto va video)

Shuningdek, parad davomida KXDRda tayyorlangan yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari namoyish etildi

1 daqiqa o‘qish132 196 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Shimoliy Koreya poytaxtida milliy bayram — mamlakatning birinchi prezidenti Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Parad davomida ballistik raketalar, jumladan, sakkiz o‘qli g‘ildirakli shassidagi va dengizdan uchiriladigan modellar namoyish etildi.

Foto: Reuters

Shuningdek, parad davomida maydondan tanklar, artilleriya qurilmalari, jangovar piyoda mashinalari o‘tdi. KXDRda tayyorlangan yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari namoyish etildi.

Foto: AP

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bo‘lgan faxriy minbar oldidan mamlakat qurolli kuchlarining barcha turlari bo‘linmalari, jumladan, ayollar qismlari o‘tdi.

Foto: Reuters

Samolyotlar guruhi Pxenyan osmonida 105 raqamini namoyish etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar