Daryo

Putin: Afg‘onistonda hech qachon qurolli kuchlar ishlatmoqchi emasmiz

Prezident Afg‘onistondan chiqayotgan terrorizm tahdidi juda jiddiy masala ekanligini ta’kidlab o‘tdi

1 daqiqa o‘qish20 224 ko‘rishlar0 izoh0

Vladimir Putin Rossiya hukumati Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilish uchun hech qachon qurolli kuchlar ishlatmaslikni mo‘ljallayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Vesti.ru”

“Biz qurolli kuchlarimizni, shu jumladan, Tojikistonda joylashgan 201-bazadagi bo‘linmalarimizni ishlatishga majbur bo‘lmasligimizga juda umid qilamiz. Bu, shubhasiz, tashvishli yo‘nalishlardan biridir”, — dedi Putin.

Prezident, shuningdek, Afg‘onistondan chiqayotgan terrorizm tahdidi masalasi juda jiddiy ekanligini va mintaqada barqarorlik muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar