Daryo

BMT Yaman, Nigeriya va Afrika shoxi mamlakatlaridagi ochlik haqida ogohlantirdi

2017-yilgi inqiroz 260 mingdan ziyod kishining o‘limiga sabab bo‘lgan 2011-yildagi inqirozdan-da jiddiy tus olishi ehtimoli balandligi qayd etildi

1 daqiqa o‘qish15 736 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

2017-yil Yaman, Nigeriya va Afrika shoxi mamlakatlari ochlikdan xarob bo‘lishi mumkin. Bu haqda BMTning Qochoqlar bo‘yicha agentligi ogohlantirmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: AP Photo

Agentlik matbuot kotibi Edrian Edvards qurg‘oqchilik va moliyalashtirish manbalarining yetarli emasligi hisobiga yaqin orada mintaqa 2011-yilda sodir bo‘lgan inqirozdan-da yomonroq gumanitar inqirozga duch kelishini aytdi. 2011-yildagi inqiroz natijasida 260 mingdan ziyod kishi ochlikdan halok bo‘lgan, ulardan yarmi besh yoshgacha bolalar bo‘lgan.

Edvards hozirga qadar agentlik ushbu mamlakatlarda gumanitar faoliyatni davom ettirish uchun zarur moliyalashtirishning 3 dan 11 foizigacha bo‘lgan qismini qabul qilib olganini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar