Daryo

Afg‘onistonda “Tolibon” harakatining ikki muhim yetakchisi o‘ldirildi

Ularning Gero tumanida amalga oshirilgan havo reydlari natijasida o‘ldirilgan olti jangari orasida bo‘lgani tasdiqlandi

1 daqiqa o‘qish11 268 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Flickr

Afg‘onistonning sharqida joylashgan G‘azni viloyatida “Tolibon”ning ikki muhim yetakchisi yo‘q qilindi. Bu haqda viloyat politsiyasi boshlig‘i Aminullo Omarkxil ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“‘Tolibon’ harakatining mashhur ikki yetakchisi Mavlaviy Rashid va Mavlaviy Nafiz 7-aprel kuni kechqurun Gero tumanida amalga oshirilgan havo reydlari natijasida o‘ldirilgan olti jangari orasida bo‘lgani tasdiqlandi”, — dedi Omarkxil.

“Tolibon” vakillari hozircha ushbu ma’lumotga sharh bermadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar