Daryo

Erdo‘g‘on “chiriyotgan” Yevropani tanqid qildi

Turkiya prezidenti “millatchi partiyalar Yevropa yetakchilari va hukumatlarini qo‘lida o‘ynatishi”ni ta’kidladi

1 daqiqa o‘qish21 636 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “1news.az”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Yevropa endilikda demokratiya va inson huquqlari markazi hisoblanmasligini, millatchilik va zulm markaziga aylanganligini qayd etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “1news.az”

“Yevropa ushbu vaqtga yetib keldi. U bilan hammasi tugadi, u chiridi. Bugungi Yevropa demokratiya, inson huquqlari va erkinlik markazi emas, aksincha, zulm, zo‘ravonlik va millatchilik markazidir”, — dedi Turkiya yetakchisi.

Erdo‘g‘on Yevropani “chiriyotgan mintaqa” deb atab, bu yerda “millatchi partiyalar Yevropa yetakchilari va hukumatlarini qo‘lida o‘ynatishi”ni ta’kidladi.

“Yevropaning Turkiyaga ham, jahon hamjamiyatiga ham aytadigan gapi qolmadi”, — dedi Turkiya prezidenti.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar