Daryo

Toshkent shahrining bir necha chorrahasida “Stop-liniya” belgilari paydo bo‘ldi

“STOP” so‘zi yozilgan axborot-ishora belgisi, O‘zbekiston YHQga muvofiq, svetofor yoki boshqaruvchining taqiqlovchi signalida transport vositasining to‘xtash joyini anglatadi

1 daqiqa o‘qish102 714 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Novosti Uzbekistana”

31-mart kuni Toshkent shahrida haydovchilarni to‘xtash chizig‘i haqida ogohlantiruvchi “Stop-liniya” (5.33) belgilari o‘rnatila boshlandi. Bunday belgilar birinchi bo‘lib poytaxtning markaziy chorrahalarida o‘rnatildi, deb xabar beradi “Nuz.uz”.

Foto: “Nuz.uz”

Xususan, mazkur yo‘l ko‘rsatkichlari shaharning Labzak va Navoiy ko‘chalari hamda Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari tutashgan ikki markaziy chorrahada o‘rnatildi.

Foto: “Nuz.uz”

Belgilar yo‘lga chizilgan to‘xtash chizig‘i yoniga o‘rnatilmoqda. “Gazeta.uz”ning yozishicha, bosh harflar bilan “STOP” so‘zi yozilgan axborot-ishora belgisi, O‘zbekiston YHQga muvofiq, svetofor yoki boshqaruvchining taqiqlovchi signalida transport vositasining to‘xtash joyini anglatadi.

Foto: “Nuz.uz”

Bundan tashqari, yo‘l-kommunal xizmatlari yo‘llardagi ishoralarni yangilay boshladi. Jumladan, Amir Temur xiyoboni bilan kesishuvchi ko‘chalarda stop-chiziqlar va piyodalar yo‘laklari belgilab qo‘yildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar