Daryo

Kolumbiyadagi suv toshqinlari va sel kelishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 254 kishiga yetdi

Bundan tashqari, 400 nafarga yaqin kishi jarohat oldi, 200 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblamoqda

1 daqiqa o‘qish13 289 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Kolumbiyada suv toshqinlari va sel kelishi oqibatida halok bo‘lganlar soni, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 254 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Avvalroq tabiiy ofat oqibatida 14 kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berilgandi. Ofat ostida Putumayo provinsiyasi poytaxti – Mokoa shahri  qolib ketgan.

Xabarda qayd etilishicha, 400 nafarga yaqin kishi jarohat oldi, 200 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Kuchli yomg‘irlar natijasida daryo o‘zani to‘lib ketgan. Uylar va avtomobillar suv, loy, tosh va parchalar ostida qolib ketdi.

Provinsiyaning 17 tumanida 1100 harbiy va politsiyasi qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etdi. Mokoa shahriga Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos yetib keldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar