Daryo

Kanadada ikki gektarga teng mashinalar “qabristoni” sotuvga qo‘yildi (foto)

Mazkur yer uchastkasi 1 million AQSh dollariga sotilmoqda

1 daqiqa o‘qish38 885 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Motor”

Kanadada eski avtomobillarning qabristoni sifatida ishlatiladigan yer uchastkasi sotuvga qo‘yildi. Ko‘chmas mulk bilan birgalikda xaridor 340 taga yaqin mashinaga ham ega bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Motor”.

Foto: “Motor”

Sotuvga qo‘yilgan yer maydonida turar-joy binosi, 83 kvadrat metrga teng garaj, 111 metrli angar, shuningdek, yana bitta bino barpo uchun etish yetarli bo‘lgan, maydoni 743 metr kvadratga teng materiallar mavjud.

Foto: “Motor”
Foto: “Motor”

E’londa, shuningdek, yer maydoni bilan birga sotilayotgan avtomobillarning narxi 370 dollardan 26 ming dollargacha yetishi mumkinligi ta’kidlangan.

Foto: “Motor”
Foto: “Motor”

Mazkur yer uchastkasi 1 million 450 ming Kanada dollari (taxminan 1 million AQSh dollari)ga sotilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar