Daryo

Xitoy mudofaa xarajatlarini 7 foizga oshiradi

Xarajatlar ulushi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 1,3 foizini tashkil etadi

1 daqiqa o‘qish20 324 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Xitoy rasmiylari 2017-yilda mudofaa uchun ajratilayotgan xarajatlarni 7 foizga ko‘paytiradi. Bu haqda mamlakat xalq vakillari yig‘ini 5-sessiyasi arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida uning rasmiy vakili Fu In ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.

Foto: Reuters

“Har yili hukumat mudofaa xarajatlarini belgilab beradi. 2017-yilda harbiy budjet 7 foizga oshadi, xarajatlar ulushi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 1,3 foizini tashkil etadi”, — deya ta’kidladi Fu In.

Rasmiy vakil AQSh ham harbiy xarajatlarni oshirganini eslatib o‘tdi.

“Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida uning qatnashchilariga mudofaa uchun sarflanadigan mablag‘ hajmini YaIMning 2 foizigacha oshirish tavsiya etildi. Shu bois biz ham harbiy xarajatlarni ko‘paytirishda davom etmoqdamiz”, — deb izoh berdi Fu In.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar