O‘zbekistonda ishlatilgan texnik yog‘larni to‘plash va qayta ishlash bo‘yicha ikki kompaniya birlashdi — UzEcoprotect MChJ UzPristaRecycling MChJga qo‘shildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi qaroriga ko‘ra, birlashish jarayoni ishlatib bo‘lingan texnik yog‘larni to‘plash va qayta ishlash bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish uchun yuz berdi.
Har ikkala tashkilot 2012-yilda “Angren” MIZ hududida tashkil etilgan edi. UzEcoprotect MChJ ishlatilgan yog‘larni to‘plash va saralashni amalga oshiradi va ularni maxsus jihozlangan mashinalar konteynerlarida Uz-PristaRecycling qo‘shma korxonasiga yetkazadi. Bu yerda kelib tushgan xomashyo texnik yog‘larga aylantiriladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)