Daryo

Xitoy avtosalonlarida bir yilda 28 milliondan ortiq mashina sotilib, rekord o‘rnatildi

Mamlakatda o‘tgan 2016-yil davomida 28,03 millionta mashina sotilgan, bu 2015-yilgi ko‘rsatkichdan 13,7 foizga ortiqdir

1 daqiqa o‘qish19 280 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Motor

Xitoyda yangi avtomobillar sotuvi bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Bu haqda XXR Avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi ma’lumotiga tayanib, “Motor” nashri xabar bermoqda.

Foto: “Motor”

Mamlakatda o‘tgan 2016-yil davomida 28,03 millionta mashina sotilgan, bu 2015-yilgi ko‘rsatkichdan 13,7 foizga ortiqdir.

Foizlar nisbatida bu 2013-yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkichdir. Shuningdek, mamlakatda mahalliy avtomobil sanoati tarixida eng ko‘p avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha ham rekord o‘rnatildi. 2016-yilda Xitoy zavodlari 28,12 millionta mashina ishlab chiqardi. Bu bir yil avvalgidan 14,5 foizga ortiqdir.

Sotuv hajmining oshishi ixcham avtomobillarni xarid qilish uchun belgilangan soliqlarning pasaytirilishi bilan bog‘lanmoqda. 2015-yilning oktabrida Xitoy hukumati bu soliqni yarmiga — besh foizgacha pasaytirdi. Soliqlarning pasaytirilishi dvigatel hajmi 1,6 litr va undan kichik bo‘lgan mashinalarga nisbatan joriy etildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar