Daryo

Damashq yaqinidagi at-Tall shahri Suriya hukumati nazorati ostiga o‘tdi

Shahardan chiqib ketish oldidan jangarilar og‘ir qurollarini hukumat qo‘shinlariga topshirdi

1 daqiqa o‘qish16 860 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

Damashq viloyatidagi at-Tall shahri Suriya hukumati nazorati ostiga o‘tdi. Urushga qadar shaharda 60 ming kishi istiqomat qilar edi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: “TASS”

“Suriya armiyasining Aleppo sharqiy kvartallarini ozod qilishdagi muvaffaqiyatlari munosabati bilan yana bir shahar — at-Tall shahridagi jangarilar harbiy harakatlarni to‘xtatdi va amnistiyadan foydalangan holda aholi yashash punktini tark etdi. Jangarilar qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatdi va muzokaralar asnosida oilalari bilan birga Idlibga ketish niyatini bildirdi”, — deyiladi Rossiya tomonlarni yarashtirish markazi tarqatgan bayonotda.

Shahardan chiqib ketish oldidan jangarilar og‘ir qurollarini, shuningdek, 200 dan ortiq o‘qotar qurol va o‘q-dorini hukumat qo‘shinlariga topshirdi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar