Argentina futbol klublari Kolumbiyada 29-noyabrga o‘tar kechasi aviahalokatga uchragan “Shapekoense” jamoasiga futbolchilar taqdim qilishni taklif qildi. Bu haqda Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Argentina klublari AFA orqali ‘Shapekoense’ jamoasini tiklash maqsadida futbolchilar taqdim qilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq Braziliya futbol klublari — “Korintians”, “San-Paulu”, “Palmeyras”, “Koritiba” va “Santos” xuddi shunday taklif bilan chiqdi. Braziliya klublari, shuningdek, “Shapekoense”ga yaqin uch mavsum davomida mamlakat yuqori divizionida qolishini kafolatlash taklifi bilan chiqqani haqida xabar berilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)