Afg‘oniston parlamenti 13-noyabr kuni transport va ta’lim vazirlarini egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bu qarorni parlament yig‘ilishida quyi palata raisi Abdulla Rauf Ibrohimiy e’lon qildi.
Aytilishicha, vazirlarning ish samaradorligi past bo‘lgani bois ularning iste’fosi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Kecha, 12-noyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy, jamoat ishlari vaziri Mahmud Balig‘, mehnat, ijtimoiy ta’minot, urush qurbonlari va nogironlar ishlari bo‘yicha vazir Nasrin Oryaxil parlamentda yetarli miqdorda ishonch ovozlarini to‘play olmagan edi.
Yakshanba kuni faqat moliya vaziri Eklil Hakimiy lavozimini saqlab qola oldi.
Izoh (0)