“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Antonio Valensiya qo‘lidan operatsiya qilindi
“Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Antonio Valensiya “Manchester Siti”ga qarshi (1:0) Angliya Liga Kubogi nimchorak finalida qo‘lidan olgan jarohatidan so‘ng operatsiya qilindi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. 31 yoshli futbolchining safga qaytish muddati haqida hozircha xabar berilmagan.
Joriy mavsumda ekvadorlik xavbek “MYu”ning barcha turnirlarida jami 11 o‘yinda maydonga tushdi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar
