Daryo

Hindiston harbiylari Pokistonning 4 chegara postini vayron qildi

Hind tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, pokistonlik harbiylar safida 20 kishigacha yo‘qotish bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish21 916 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: NDTV

Hindiston chegarachilari 29-oktabr, shanba kuni tunda “keng ko‘lamli javob o‘ti” bilan Kashmirdagi nazorat chizig‘ida Pokistonning to‘rt chegara postini vayron qildi va qo‘shni davlat armiyasiga “katta yo‘qotish” yetkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: NDTV

NDTV telekanaliga ko‘ra, pokistonlik harbiylar nazorat chizig‘idagi Keran sektorida hind chegarachilariga qarata bir necha bor o‘t ochgan, ular esa bunga qarshi javob zarbasi berdi. Natijada hind tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, pokistonlik harbiylar safida 20 kishigacha yo‘qotish bo‘ldi.

Undan oldinroq qo‘shni davlat hududiga o‘tishga harakat qilgan jangarilar guruhi bilan to‘qnashuvda hind askari halok bo‘lgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar