Daryo

Amerikaliklar Lexus va Toyota avtomobillarini eng ishonchli deb topdi

Ishonchga sazovor mashinalar ro‘yxatida Buick, Audi, Kia, Mazda, Hyundai va Infiniti ham qayd etilgan

1 daqiqa o‘qish16 244 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Autoblog

AQShning Consumer Reports nashri avtomobillarning ishonchlilik reytingini tuzdi. Tahlilchilar bu borada mashina egalarining internet orqali so‘rovi natijalariga tayandi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” axborot xizmati xabar bermoqda. 

Foto: Autoblog

Amerikaliklar nazdida eng ishonchli avtomobillar birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan yapon modellari bo‘lib chiqdi: Lexus va Toyota kamdan-kam buzilgan va pand bergan. Shuningdek, ishonchga sazovor mashinalar ro‘yxatida Buick, Audi, Kia, Mazda, Hyundai va Infiniti qayd etilgan.

Reytingdagi 29 brend orasida Dodge, Ram, Fiat va Chrysler eng past ko‘rsatkichlar bilan baholandi. Birinchi bor ro‘yxatga kiritilgan Tesla ham ishonchsiz avtomobillar qatoridan o‘rin oldi.

O‘tgan yilga nisbatan Infiniti eng yuqori o‘sishga erishdi: kompaniya avtomobillari bir yo‘la 16 qator yuqoriladi va 8-o‘rinni egaladi. Subaru, Volvo va Volkswagen esa mavqelarini sezilarli darajada boy berdi. 

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar