Daryo

Samsung Janubiy Koreyada Galaxy Note 7 smartfonlarini boshqa modellarga almashtirib bera boshladi

Smartfon egalari uni do‘konlarga topshirishi mumkin

1 daqiqa o‘qish22 122 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP

13-oktabr kuni Samsung Electronics kompaniyasi Janubiy Koreyada Galaxy Note 7 smartfonlari uchun tovon puli to‘lash va ularni boshqa modellarga almashtirib berishni boshladi, deya xabar bermoqda TJournal.

Foto: AP

Smartfon egalari uni do‘konlarga topshirishi mumkin, agar uni boshqa modelga almashtirsa, 30 ming vonlik (taxminan 27 dollar) chegirma kuponini qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, OAVlarda almashtirib berilgan Galaxy Note 7 smartfonlari ham yonib ketayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgach, Samsung ushbu qurilmani ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Keyinroq Galaxy Note 7 smartfonlari egalariga maxsus olovga chidamli qutilar yetkazib berila boshlagani ma’lum qilindi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar