“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrikening fikricha, jamoadan kimdir klub va uning shaxsiy rejalari haqida ma’lumotlarni tarqatmoqda, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Barselona” murabbiylar shtabining raqib jamoa haqida tayyorlagan tahlili gazetalardan birida chop etilganidan so‘ng Luis Enrike ana shunday xulosaga kelgan.
Ispaniyalik murabbiy bunday xatti-harakatni xoinlik deb atadi va murabbiylar shtabida ma’lumot tarqatuvchi “kalamush” paydo bo‘lganini istisno etmadi.
Raqib jamoa tahlili haqidagi ma’lumotlarni Enrikega yaqin bo‘lgan odamlardan biri tarqatgan bo‘lishi mumkin. Natijada mutaxassis “kalamush”ni izlashga tushdi.
Izoh (0)