Daryo

La Liga. “Barselona” o‘z maydonida “Atletiko”ni yenga olmagan turda “Real” ham 2 ochko yo‘qotdi

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 5-tur uchrashuvlari 20-sentabr kuni start olgan bo‘lib, 21-sentabr kuni yana 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish26 072 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 5-tur uchrashuvlari 20-sentabr kuni start olgan bo‘lib, 21-sentabr kuni yana 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

5-turning markaziy o‘yini “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tdi va unda “Barselona” Madridning “Atletiko” klubini qabul qildi. Birinchi bo‘limda Rakitichning goli bilan oldinga o‘tib olgan Kataloniya klubi, ikkinchi bo‘limda g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Mazkur tur, shuningdek, “Real”ning ochko yo‘qotishi bilan esda qoldi. “Barselona” kabi “qirollik klubi” ham o‘z maydonida ochko yo‘qotdi. “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda mezbonlarni mag‘lubiyatdan Serxio Ramos qutqarib qoldi.

Foto: Getty Images
Ispaniya La Ligasi 5-tur uchrashuvlari 20-sentabr, seshanba

“Malaga” — “Eybar” 2:1

Gollar: Nano, 42 (0:1). Sandro Ramires, 44 (1:1). Yusuf En-Nesiri, 76 (2:1).

“Sevilya” — “Betis” 1:0

Gol: Gabriel Merkado, 51 (1:0). 21-sentabr, chorshanba

“Real Madrid” — “Vilyarreal” 1:1

Gollar: Bruno, 45+1-pen (0:1). Serxio Ramos, 48 (1:1).

“Selta” — “Sporting” 2:1

Gollar: Ugo Malyo, 66 (1:0). Duye Chop, 80-pen (1:1). Yago Aspas, 87-pen (2:1).

“Barselona” — “Atletiko” 1:1

Gollar: Ivan Rakitich, 41 (1:0). Anxel Korrea, 61 (1:1).

“Granada” — “Atletik” 1:1

Gollar: Raul Garsiya, 15 (0:1). Karsela-Gonsales, 44 (1:1). Aymerik Lyaport, 77 (1:2).

“Real Sosyedad” — “Las-Palmas” 4:1

Gollar: Villian, 1 (1:0). Karlos Vela, 22-pen (2:0). David Surutusa, 35 (3:0). Villian, 53-pen (4:0). Tana, 56 (4:1). Chetlatish: Kevin-Prins Boateng, 21 (L).

22-sentabr, payshanba
“Deportivo” — “Leganes”
“Osasuna” — “Espanyol”
“Valensiya” — “Alaves”

Foto: Livescore.in
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar