Daryo

Addis-Abebadagi qamoqxonada yong‘in chiqdi, 23 kishi halok bo‘ldi

U yerda muxolifatchi siyosatchilar va jurnalistlar saqlanadi

1 daqiqa o‘qish8 320 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Day.az”

Efiopiya poytaxti Addis-Abebadagi qamoqxonada kuchli yong‘in chiqib, 23 kishining umriga zomin bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” “Al-Jazira” telekanaliga tayanib.

Foto: “Day.az”

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, muxolifatchi siyosatchilar va jurnalistlar saqlanadigan Kilinto turmasidagi hodisa 3-sentabr, shanba kuniyoq sodir bo‘lgan, ammo bu haqda endigina rasman e’lon qilingan. Yong‘in sabablari keltirilmadi. Mahbuslarning ko‘pchiligi kuygan hiddan zaharlanib yoki to‘s-to‘polonda o‘lgani ma’lum, xolos.

Efiopiya OAVlari yozishicha, Kilintodagi ko‘pchilik mahbuslar yaqinda Addis-Abebada bo‘lib o‘tgan hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar chog‘ida qo‘lga olingan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar