Daryo

O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi Rio-de-Janeyroga jo‘nab ketdi

Paralimpiyada mamlakat sharafini 32 nafar sportchi himoya qiladi. Ular sportning 5 ta turida kurash olib boradi: dzyudo, yengil atletika, suzish, o‘q otish va pauerlifting

1 daqiqa o‘qish41 416 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gazeta.uz

XV paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi Rio-de-Janeyroga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: Gazeta.uz

Paralimpiyada mamlakat sharafini 32 nafar sportchi himoya qiladi. Ular sportning 5 ta turida kurash olib boradi: dzyudo, yengil atletika, suzish, o‘q otish va pauerlifting.

Paralimpiya terma jamoasi Toshkent xalqaro aeroportidan Istanbulga yo‘l oladi. Istanbuldan San-Pauluga, San-Paulu orqali esa Rioga chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan kechki 9 da yetib boradi.

O‘zbekiston delegatsiyasini Rioga kuzatish uchun bosh vazir o‘rinbosari Majit Karimov, milliy aviakompaniya bosh direktori Valeriy Tyan, MOQ rahbariyati va sportchilarning yaqinlari, oila-a’zolari Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar