Daryo

Italiyada zilzila qurbonlari soni 84 kishiga yetdi

Ilgariroq 73 kishi halok bo‘lgani bildirilgan edi

1 daqiqa o‘qish14 992 ko‘rishlar0 izoh0

Italiya markazida ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 84 kishiga yetdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Ilgariroq 73 kishi halok bo‘lgani bildirilgan edi.

Aytilishicha, Marke viloyatida 24 kishi, Latsio viloyatidagi Amatriche va Akkumoli shaharlarida esa 60 kishi halok bo‘ldi.

Zilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 da (Toshkent vaqti bilan 06:36 da) sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi epitsentri Riyeti provinsiyasida 4 km chuqurlikda joylashgan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar