Daryo

Toshkent viloyatidagi avtomobillar gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi

Ushbu hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilgani yo‘q

1 daqiqa o‘qish144 878 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (“Drivers.uz”)

Toshkent viloyatining Ozodbosh qo‘rg‘onidagi avtomobillar gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta (“Drivers.uz”)

Hodisa oqibatida tan jarohati olib, jabrlangan shaxslar haqida aniq ma’lumot yo‘q. Hodisa oqibatida ikki Damas va ikki Lacetti avtomobiliga zarar yetgani aytilmoqda.

Xabar berishlaricha, portlash shoxobchaga kirgan Damas’lardan birining gaz-ballon uskunasi bosimga dosh bera olmagani oqibatida yuz bergan.

Ushbu hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilgani yo‘q. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar