Daryo

Kanoe. O‘zbekistonlik Gerasim Kochnev Rio—2016 Olimpiadasini 7-o‘rinda yakunladi

Germaniyalik Sebastyan Brendli Olimpiadaning ikki karra chempioniga aylandi. Braziliya sportchisi kumush, moldovalik sportchi esa bronza medaliga ega chiqdi

1 daqiqa o‘qish7 946 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

15-avgust kuni bo‘lib o‘tgan saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan Gerasim Kochnev Rio—2016 Olimpiadasining kanoeda eshkak eshish bahslarining finalida ishtirok etdi.

Sakkiz nafar sportchilar orasida bellashgan o‘zbekistonlik sportchi yakunda 7-o‘rin bilan cheklandi. U 4.04.20 daqiqalik natija qayd etdi.

Germaniyalik Sebastyan Brendli Olimpiadaning ikki karra chempioniga aylandi. Braziliya sportchisi kumush, moldovalik sportchi esa bronza medaliga ega chiqdi. Kochnev yakunda faqatgina italiyalik kanoechini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar