Yunon-rum kurashi sport turining Rio—2016 bellashuvlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Elmurod Tasmurodov mamlakat delegatsiyasi uchun to‘rtinchi bronza medalini taqdim etdi.
Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yo‘lida kubalik sportchiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan Tasmurodov, 3-o‘rin uchun kurashda qirg‘izistonlik Arsen Eraliyevni 13:8 hisobida mag‘lub etdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
59 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqadagi bu bronza O‘zbekiston delegatsiyasi uchun to‘rtinchisi edi. Tasmurodovga qadar dzyudochilardan Diyordek O‘rozboyev va Rishod Sobirov, bokschi Rustam To‘laganov bronza medallarini qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)