Daryo

Krishtianu Ronaldu La Liganing 2 ta, Jahon Chempionati saralashining 1 ta uchrashuvini qo‘yib yuboradi

Avvalroq futbolchining 9-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan “Sevilya”ga qarshi UEFA Superkubogini qo‘yib yuborishi ma’lum qilingandi. Aniqlanishicha, bu hali hammasi emas

1 daqiqa o‘qish10 014 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sbnation.com

“Chempionat”ning Marca nashriga tayanib xabar berishicha, Yevro—2016 final uchrashuvida jarohat olgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu sentabrga kelibgina maydonga qaytadi.

Foto: Sbnation.com

Avvalroq futbolchining 9-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan “Sevilya”ga qarshi UEFA Superkubogini qo‘yib yuborishi ma’lum qilingandi. Aniqlanishicha, bu hali hammasi emas.

Ispaniya La Ligasida mavsum 21-avgust kuni start oladi. Shu kuni “Real” va “Real Sosyedad” klublari o‘zaro kurash olib boradi. 28-avgust kuni esa “Qirollik klubi” “Selta” bilan bellashadi.

Krishtianu Ronaldu faqatgina 3-turga kelibgina to‘la tiklanishga ulguradi. Shundan kelib chiqib uning birinchi o‘yini 3-turda — 11-sentabr kuni “Osasuna”ga qarshi o‘tishi tahmin qilingan.

6-sentabr kuni Portugaliya terma jamoasi Jahon Chempionati saralashidan joy olgan Shveysariyaga qarshi o‘yinda ishtirok etadi. Ronaldu o‘sha bellashuvda ham qatnasha olmaydi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar