26-iyun “Xalqaro giyohvandlikka va giyohvand vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash” kuni munosabati hamda Narkotik moddalarini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan joriy giyohvandlikka qarshi kurash oyligi doirasida Milliy xavfsizlik xizmati mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan narkobiznesga qarshi kurash davomida musodara qilingan giyohvand vositalarining navbatdagi to‘plamini yo‘q qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 27-iyun kuni idoralararo komissiya tomonidan 1 tonna 438 kilogramm giyohvandlik vositalari, shu jumladan, 145 kilogramm geroin, 655 kilogramm opiy, 115 kilogramm gashish, 496 kilogramm marixuana, 27 kilogramm ko‘knori hamda katta miqdordagi ko‘knori xashagi, nasha va psixotrop moddalar yoqib yo‘q qilindi.
1994-yildan buyon O‘zbekistonda 55 tonna 438 kilogramm giyohvandlik vositalari yo‘q qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda O‘zbekistonda giyohvand moddalarning noqonuniy tarqatilishi bilan bog‘liq 6648 jinoyat fosh etildi va 2,5 tonna giyohvand modda musodara qilindi.
Izoh (0)