Daryo

Paragvaydagi yuz bergan yong‘in oqibatida 5 mahbus va 1 qo‘riqchi halok bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in muassasa yerto‘lasidan chiqqan

1 daqiqa o‘qish6 554 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Paragvay poytaxti Asunsyondagi qamoqxonada yuz bergan yong‘in oqibatida besh nafar mahbus va bir nafar qo‘riqchi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Ultima Hora nashri ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in muassasa yerto‘lasidan chiqqan. Alangalanish sabablari aniqlanmoqda. Mahbuslar qamoqxonaning olov o‘tmagan qismlariga ko‘chirilgan.

Huquq himoyachilari va jazoni o‘tash muassasalari xodimlari kasaba uyushmalari vakillari rasmiylarga Paragvay qamoqxonalaridagi yomon sharoitlar haqida ko‘p marotaba shikoyat qilgan. Ularning bildirishicha, mahbuslarning 80 foiziga yakuniy hukm chiqarilmagan, shu bois qamoqxonalar bandilar bilan to‘lib-toshgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar