Daryo

2016/17-yilgi Chempionlar Ligasi qur’asining 1-savatchasidagi barcha ishtirokchilar ma’lum bo‘ldi

Qolgan savatchalar ishtirokchilarini aniqlashda klublarning 2015/16-yilgi mavsumi yakuniga ko‘ra UEFA reytingidagi holati inobatga olinadi

1 daqiqa o‘qish33 726 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: UEFA

2015/16-yilgi mavsumning Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan “Real” mazkur turnirning 2016/17-yilgi mavsumi qur’asining birinchi savatchasidan o‘rin olgan so‘nggi jamoa bo‘ldi. Bu haqda, UEFA matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: UEFA
Birinchi savatchadan, shuningdek, UEFA reytingining eng yaxshi yetti chempionati g‘oliblari joy oldi: “Barselona” (Ispaniya), “Lester” (Angliya), “Bavariya” (Germaniya), “Yuventus” (Italiya), “Benfika” (Portugaliya), “PSJ” (Fransiya) va SSKA (Rossiya). Qolgan uchta savatcha ishtirokchilarini aniqlashda klublarning 2015/16-yilgi mavsumi yakuniga ko‘ra UEFA reytingidagi holati inobatga olinadi. Eslatib o‘tamiz, “Real” YeChL finalida “Atletiko”ni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, Yevropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli sovriniga 11-marta ega chiqdi.
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar