Daryo

Quyosh batareyalarida ishlaydigan Solar Impulse 2 samolyotining Pensilvaniyaga parvozi qoldirildi

Parvoz shishiriladigan ko‘chma angarni havo bilan to‘ldirish tizimi ishlamay qolgani tufayli boshqa paytga ko‘chirildi

1 daqiqa o‘qish7 872 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP

Quyosh batareyalarida ishlaydigan Solar Impulse 2 samolyotining 24-mayga mo‘ljallangan, Amerikaning Ogayo shtatidan Pensilvaniya shtatiga parvozi yuzaga kelgan texnik nosozlik tufayli qoldirildi, deb yozadi “TASS” Solarimpulse loyihasi rasmiy saytiga tayanib.

Foto: AP

Ogayoning Deyton shahridan Pensilvaniyaning Lixay-Velli shahriga parvoz shishiriladigan ko‘chma angarni havo bilan to‘ldirish tizimi ishlamay qolgani tufayli boshqa paytga ko‘chirildi. Yaqin bir necha kun ichida puxta tekshiruv olib borilishi ta’kidlandi.

Solar Impulse 2 o‘tgan yil 9-mart kuni sayohatini Abu-Dabida boshlagandi. Havo kemasi hozirgacha Ummon (Maskat), Hindiston (Varanasi), Myanma (Mandalay), Xitoy (Chunsin va Nankin) hamda Yaponiyada (Nagoya) bo‘lib ulgurdi. 2015-yil yozida samolyot 120 soatdan oshiq parvoz qilib, eng uzoq to‘xtovsiz havoda uchish bo‘yicha rekord o‘rnatgandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar