Daryo

Britaniyalik olim o‘z uyida uchar mototsikl yasadi (video)

Konstruksiya asosi metall romdan iborat bo‘lib, unga ikkita motor biriktirilgan

1 daqiqa o‘qish21 918 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gizmag

Britaniyalik olim Kolin Fyoz o‘z garajida uchar mototsiklni yig‘di, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Xoverbayk (xoverbord — uchar skeytga o‘xshash nom) deb nomlanuvchi qurilma havoga ko‘tariladi va erkak kishining vazniga dosh bera oladi.

Foto: Gizmag

Konstruksiya asosi metall romdan iborat bo‘lib, unga ikkita motor biriktirilgan. Ular paraglaydlar uchun propeller bilan ulanadi, va havo harakati hisobiga konstruksiya tepaga ko‘tariladi.

Olimning ta’kidlashicha, uning loyihasiga Ford kompaniyasi hamkorlik qilgan. Konstruksiyani yaratishga Fyoz bir oydan kamroq vaqt sarfladi va natija ancha munosib bo‘lib chiqdi.

Ekspertlar uchar mototsikl  qo‘lbola transport turlari orasida eng xavflilaridan biri ekanligini ta’kidlaydi. Ammo Fyoz bu fikrga qarshi — u qurilmani muvaffaqiyatli tarzda sinab ko‘rdi va, hatto, qo‘nish chog‘ida biror marta yiqilmadi ham.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar