Daryo

Moody’s Rossiyada milliy reytinglarni qaytarib olishga qaror qildi

Ushbu qaror Rossiyada milliy shkala bo‘yicha reytinglar berish jarayoniga ta’sir qiladigan qonunchilik bilan bog‘liq o‘zgarishlar tufayli qabul qilingan

1 daqiqa o‘qish5 290 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Moody’s xalqaro reyting agentligi Rossiyada milliy shkala bo‘yicha berilgan reytinglarini bekor qilish va Rossiyadagi sho‘basi — “Mudis Interfaks”ni yopishga qaror qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Reuters

Moody’s xabarida aytilishicha, ushbu qaror Rossiyada milliy shkala bo‘yicha reytinglar berish jarayoniga ta’sir qiladigan qonunchilik bilan bog‘liq o‘zgarishlar va boshqa potensial cheklovlar tufayli qabul qilingan.

“Bu xususan, Rossiya xalqaro tadqiqotlar assotsiatsiyasining Moody’s global manbalaridan foydalanish imkoniyatini cheklaydigan, tashkiliy va operatsion mustaqillikka nisbatan talablardir”, — deyiladi xalqaro agentlik relizida.

2017-yilda kuchga kiradigan qonunga ko‘ra, xorijiy reyting agentliklari Rossiyada filiallari orqali ishlab, xalqaro reytinglarni taqdim etishi yoki Rossiyada sho‘ba korxonasini ochib, Rossiya qonunchiligining yangi talablariga rioya qilgan holda, milliy shkala bo‘yicha reytinglar berishi mumkin.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar