Daryo

Ruslan Chagayev Lukas Braunga yutqazib, chempionlik kamarini boy berdi (video)

10-raundda avstraliyalik Lukas Braun Chagayevga bir nechta aniq zarbalar yo‘lladi va o‘zbekistonlik bokschi texnik nokautga uchradi

1 daqiqa o‘qish90 839 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

6-martga o‘tar kechasi superog‘ir vazn toifasida Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA)ning muntazam chempioni hisoblangan o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev avstraliyalik Lukas Braunga qarshi jang o‘tkazdi. Grozniydagi “Kolizey” Sport-Xollida bo‘lib o‘tgan jangda Ruslan Chagayev 12 raundlik jangning 10-raundida texnik nokautga uchrab, chempionlik kamarini boy berdi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: “boxingnews24.com”

Jang Chagayevning ustunligida o‘tdi va 6-raundda u Braunni nokdaunga uchratib, muddatidan avval jangni yakunlashi mumkin edi. Biroq, avstraliyalik bokschi jangni davom ettira oldi.

10-raundga kelib avstraliyalik bokschi Chagayevga bir nechta aniq zarbalar yo‘lladi. Uchrashuv referisi jangni to‘xtatib, texnik nokaut qayd etdi va o‘zbekistonlik bokschi chempionlik kamaridan mahrum bo‘ldi.

Shunday qilib, Chagayev faoliyatidagi 3-mag‘lubiyatini qabul qildi. Uning hisobida 34 ta g‘alaba (21 tasi nokaut bilan) va bitta durang ham bor. Braun esa faoliyati davomida 24 marta g‘alaba qozongan (21 ta nokaut) va biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar