Daryo

Markaziy Osiyo futbol uyushmasi FIFA prezidentligi uchun saylovda Shayx Salmonga ovoz beradi

FIFA prezidentligi uchun saylov bugun, 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish6 514 ko‘rishlar0 izoh0

Bugun, 26-fevral kuni Shveysariyaning Syurix shahrida bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidentigi uchun saylovda Markaziy Osiyo futbol uyushmasi (CAFA) a’zolari Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa nomzodiga ovoz beradi. Bu haqda OFK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati

Olti davlat a’zolari – O‘zbekiston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘onistondan iborat Markaziy Osiyo futbol uyushmasi Sharqiy Osiyo futbol federatsiyasi (EAFF) hamda Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi (SAFF) singari Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shu tariqa, ovoz berish jarayonida yuqorida sanab o‘tilgan tashkilotlarning 22 nafar a’zosi FIFA prezidentligi uchun saylovda Shayx Salmonni qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentligi uchun saylov bugun, 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar