Daryo

Hillari Klinton Nevada shtatidagi kokusda g‘olib chiqdi

Kokusdagi ovozlarning 80 foizdan ziyodi hisoblab chiqilgan bo‘lib, Klintonning natijasi 52,1, Sandersniki esa 47,8 foizni tashkil etmoqda

1 daqiqa o‘qish6 351 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP

Hillari Klinton Demokratlar partiyasining Nevada shtatida bo‘lib o‘tgan kokusida (yopiq partiya yig‘ini) nufuzi ortib borayotgan raqibi — senator Berni Sanders ustidan g‘alaba qozondi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: AP

Sobiq davlat kotibi prezidentlikka nomzod bo‘lishi uchun da’vo qilishga imkon berishi mumkin bo‘lgan ushbu g‘alabani tasdiqladi. “Nevada, rahmat! Kimlardir menga ishonmagandi, ammo biz hech qachon bir-birimizga ishonchsizlik bilan qaramaganmiz”, — deya ta’kidlagan Klinton.

Kokusdagi ovozlarning 80 foizdan ziyodi hisoblab chiqilgan bo‘lib, Klintonning natijasi 52,1, Sandersniki esa 47,8 foizni tashkil etmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar