Daryo

Ukraina Oliy Radasi hukumatni iste’foga chiqara olmadi

Qaror loyihasi uchun 194 nafar xalq deputati ovoz berdi, loyiha qabul qilinishi uchun esa kamida 226 ta ovoz to‘planishi kerak

1 daqiqa o‘qish8 170 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Ukraina Oliy Radasi bosh vazir Arseniy Yatsenyuk rahbarligidagi Ukraina Vazirlar mahkamasiga ishonchsizlik haqidagi qaror loyihasini yoqlab ovoz bera olmadi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Hukumatga ishonchsizlik haqidagi qaror loyihasi uchun 16-fevral, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisda 194 nafar xalq deputati ovoz berdi, loyiha qabul qilinishi uchun esa kamida 226 ta ovoz to‘planishi kerak.

Ukraina qonunchiligiga muvofiq, hukumatga ishonchsizlik to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilinmagan taqdirda, uni navbatdagi sessiyadagina qaytadan ovozga qo‘yish mumkin bo‘ladi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar