Rossiyaning Podolsk shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda ishtirok etgan o‘zbekistonlik 13 sportchidan 7 nafari sovrindorlar safidan o‘rin oldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Terma jamoa a’zolaridan Muhammadali Shamsiddinov (85 kg) oltin, Feruz To‘xtayev (59 kg) kumush, Islom Bahromov (59 kg), Mirzabek Rahmatov (66 kg), Nurbek Xoshimbekov (75 kg), Ermat Shermatov (85 kg) va Daler Rahmatov (130 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi Ravshan Ro‘ziqulovning ta’kidlashicha, mazkur xalqaro turnir o‘zbekistonlik sportchilar uchun Osiyo va jahon chempionatlari oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik bosqichi vazifasini ham o‘tagan.
Izoh (0)