Daryo

Qodirov o‘z vakolat muddatining yaqin vaqt ichida tugashini unutib qo‘ydi

Ramzan Qodirov Checheniston rahbari lavozimidagi vakolatlari yaqin vaqt ichida tugashini unga jurnalistlar eslatganligini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish12 048 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Ramzan Qodirov Checheniston rahbari lavozimidagi vakolatlari yaqin vaqt ichida tugashini unga jurnalistlar eslatganligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar beradi.

Foto: “RIA Novosti”

“Hurmatli do‘stlar! Ma’lum bo‘lishicha, Checheniston Respublikasi rahbari lavozimidagi vakolatlarim muddatining tugashi yaqinlashmoqda. U ikki oydan so‘ng tugaydi”, — deb yozdi Qodirov Instagram’dagi sahifasida.

Qodirov Checheniston rahbari lavozimiga nomzodini qo‘yish haqida o‘ylab ko‘rmaganligini ma’lum qildi. Uning fikricha, bu lavozim uchun nomzodni Rossiya Federatsiyasi prezidenti taklif etishi lozim.

Qodirovning vakolat muddati 2016-yilning 5-aprel kuni tugashi haqida 2-fevral kuni “Vedomosti” nashri xabar bergan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar