Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiya qo‘shimcha ravishda Iroqning Ebril shahrida qo‘nim topadigan 130 nafar askar yubormoqchi. Bu haqda La7 telekanali bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.

Foto: “Voyennoye Obozreniye”

Foto: “Voyennoye Obozreniye”

Italiya Mudofaa vaziri Roberta Pinottining ma’lum qilishicha, shu mazmundagi qaror hukumatning 5-fevral, juma kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishida qabul qilinadi. Iroqqa yuborilayotgan harbiylarning asosiy vazifasi jang maydonida yaralanganlarga yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘lib, shu maqsadda ularga vertolyot ajratiladi.

Ta’kidlanishicha, Parij tomonidan Italiyaning Iroqdagi harbiy ishtirokini kuchaytirish to‘g‘risidagi iltimosiga javoban, Iroqqa qo‘shimcha kuch yuborish haqida qaror qabul qilinib, bu Italiyaning terrorizmga qarshi kurashish yo‘lidagi navbatdagi salmoqli yordami sifatida qabul qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi bir kunga to‘xtatiladi 
Mahalliy
Qatar amiri Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan O‘zbekistonga keladi
Mahalliy
Farg‘onadagi tergov hibsxonasida mahbusga tan jarohati yetkazilgani haqidagi xabarlar rad etildi