Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

JAR prezidenti Jeykob Zuma yanglishib Afrikani sayyoraning eng yirik qit’asi deb atagani uchun pushaymon ekanligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Dekabr oyida tadbirkorlar oldida chiqish qila turib, davlat rahbari “Bizning qit’amiz eng yirik qit’adir. U barcha qolgan qit’alarni o‘ziga sig‘dira oladi”, degan edi.

“Prezident xatosidan afsusda”, — deb ma’lum qildi Zuma ma’muriyati va dunyodagi eng yirik qit’a Osiyo ekanligini eslatib o‘tdi. U yerda dunyo aholisining 60 foizi (4,4 milliard kishi) istiqomat qiladi. Afrika esa undan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab, qit’ada dunyo aholisining 16 foizi (1,2 milliard kishi) yashab kelmoqda.

Avvalroq Zuma kambag‘al oiladan chiqqanligi uchun boshlang‘ich ta’limni egallay olmaganligini ma’lum qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi